Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Forbes» eng nufuzli rossiyaliklar reytingini e’lon qildi

«Forbes» eng nufuzli rossiyaliklar reytingini e’lon qildi

Foto:«RIA Novosti»

«Forbes» jurnali eng nufuzli rossiyaliklar reytingini e’lon qildi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.

Reytingda eng mashhur mansabdor shaxslar, biznesmenlar, top-menejerlar va harbiylar qamrab olindi.

Birinchi o‘rinni Vladimir putin band etdi.

Shuningdek, birinchi o‘ntalikka «Sberbanka» boshqaruvi raisi German Gref (ikkinchi o‘rin), «Gazprom» boshqaruv raisi Aleksey Miller, «Rosnefti» bosh ijrochi direktori Igor Sechin, hukumat rahbari Dmitriy Medvedev, «Surgutneftegaz» bosh direktori Vladimir Bogdanov, Markaziy bank raisi Elvira Nabiullina, Federal Xavfsizlik xizmati boshlig‘i Aleksandr Bortnikov, «RJD» bosh direktori Oleg Belozerov va «Lukoyl» prezidenti Vagit Alekperov (o‘ninchi o‘rin) kirgan.

Ikkinchi o‘nlikni moliya vaziri Anton Siluanov, Xavfizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev, shahar meri Sergey Sobyanin va boshqalar egallagan.

Reytingni tuzishda kompaniya xodimlari va ish hajmi, insonlar hayotiga bevosita ta’siri, sanoatdagi ulushi, shuningdek, prezidentga yoki hukumat partiyasiga yaqinligi inobatga olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring