Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Forbes» jurnali eng boy sportchilarni aniqladi

«Forbes» jurnali eng boy sportchilarni aniqladi

Foto: «Telegraph.co.uk»

«Forbes» jurnali 2018-yili eng ko‘p pul ishlagan sportchilar nomini e’lon qildi. «Germania.one» xabar berishicha, ro‘yxatning eng tepasida 2018-yili 285 mln. dollar ishlagan amerikalik bokschi Floyd Meyvezer turibdi. Eng qizig‘i, shundan 275 millionni u Konor MakGregorga qarshi o‘tkazgan bittayu-bitta jangi orqasidan topgan.

Irlandiyalikka kamroq pul tekkani aniq, chunki u 99 million million dollar bilan ro‘yxatda to‘rtinchi o‘rinni band etgan.

Eng boy sportchilar (2018-yil, TOP-10):

  1. Floyd Meyvezer (AQSh, boks) — 285 mln.
  2. Lionel Messi (Argentina, futbol) — 111 mln.
  3. Krishtianu Ronaldu (Portugaliya, futbol) — 108 mln.
  4. Konor MakGregor (Irlandiya, MMA) — 99 mln.
  5. Neymar (Braziliya, futbol) — 90 mln.
  6. LeBron Jeyms (AQSh, basketbol) — 85.5 mln.
  7. Rojer Federer (Shveysariya, tennis) — 77.2 mln.
  8. Stiven Karri (AQSh, basketbol) — 76.9 mln.
  9. Mett Rayan (AQSh, amerika futboli) — 67.Z mln.
  10. Mettyu Stefford (AQSh, amerika futboli)  — 59.5 mln.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring