Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Forish» poligonida xalqaro «ArMI – 2019» o‘yinlariga qizg‘in tayyorgarlik ketmoqda

«Forish» poligonida xalqaro «ArMI – 2019» o‘yinlariga qizg‘in tayyorgarlik ketmoqda

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

«Forish» poligonida O‘zbekistonda ilk bor o‘tkaziladigan «Xalqaro armiya o‘yinlariga» tayyorgarlik jarayonlari qizg‘in davom etmoqda. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning avgust oyida o‘tkaziladigan «ArMI – 2019» xalqaro musobaqalarining «Harbiy-tibbiy estafeta» yo‘nalishi Jizzax viloyatida joylashgan «Forish» poligonida o‘tkaziladi.

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

«ArMI – 2018» o‘yinlari Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Eron, Qozog‘iston, Xitoy va Rossiya kabi davlatlarda 28 yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazilgan bo‘lib, unda dunyoning 32 mamlakatidan kelgan harbiy jamoalar ishtirok etgan edi.

Unda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari 12 yo‘nalish bo‘yicha ishtirok etib, umumjamoa hisobida 6-o‘rinni egallagan. Shuningdek, mamlakatimiz harbiy jamoasi a’zosi tibbiy xizmat kapitani Larisa Xolmamatova o‘tgan yilgi o‘yinlarda «Harbiy-tibbiy estafeta» yo‘nalishining harbiy shifokorlar o‘rtasidagi «Maxsus ko‘nikmalar» bellashuvida, yakkalik bahsda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Ayni vaqtda «Forish» tog‘-dala o‘quv maydonida mezbon jamoa ishtirokchilari musobaqaga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda. 

Musobaqa uchun yaratilgan barcha sharoitlar, jumladan, eng so‘nggi rusumdagi texnikalar jalb etilishi, real sharoitga yaqinlashtirilgan sun’iy jang maydonining tashkil etilganligi, ishtirokchilarning puxta tayyorgarlik ko‘rishiga xizmat qilmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring