Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Forishda jismoniy tarbiya fani sifatini oshirish bo‘yicha amaliy ko‘mak berilmoqda

Forishda jismoniy tarbiya fani sifatini oshirish bo‘yicha amaliy ko‘mak berilmoqda

Umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha amaliy ko‘mak berish maqsadida tashkil etilgan Respublika ishchi guruhining Jizzax viloyatidagi faoliyati davom etmoqda. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus doirasida amalga oshirilgan ishlar o‘rganilib, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan to‘garak faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashilmoqda.

Xususan, joriy yilning 26 oktyabr kuni Jizzax viloyati Forish tuman 5- umumta’lim maktabiga O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Mahmudjon Boltaboyev, universitetning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Sherzod Mirzanov, O‘zDJTSU o‘qituvchilari, belbog‘li kurash bo‘yicha uch karra jahon chempioni Artiqov Zohid va boks bo‘yicha murabbiy Yuriy Serebryakov tashrif buyurishdi.

Sport sohasi mutasaddilari tomonidan maktabda jismoniy tarbiya darslari va sport to‘garaklari faoliyatini samarali tashkil qilish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar berildi. Pedagoglar va o‘quvchi-yoshlar bilan bo‘lgan o‘zaro samimiy suhbatlarda yoshlar qaysi sohani tanlamasinlar, ularning har tomonlama barkamol inson bo‘lib yetishishlari uchun nafaqat ma’nan, balkim jismonan rivojlanish ham muhim rol o‘ynashi ta’kidlandi. Yoshlarga O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetidagi sharoitlar qabul shartlari haqida batafsil ma’lumot berilib, ularni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi. O‘z navbatida o‘quvchilarning hududda sportni ommalashtirish bo‘yicha fikr va takliflari tinglandi.

Shu kunni o‘zida muassasada O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori kubogi uchun o‘quvchilar o‘rtasida voleybol bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Yakunda g‘olib va sovrindorlar universitet rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Matbuot xizmati

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring