Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Formula-1» poygachilari janjallashib qolishdi

«Formula-1» poygachilari janjallashib qolishdi

Foto: «Twitter»

Gollandiyalik poygachi Maks Ferstappen («Red Bull») va fransuz Esteban Okon («Fors Indiya») Braziliya Gran-prisidagi finishdan so‘ng mushtlashib ketishlariga bir bahya qoldi.

Vazn o‘lchash jarayonida Okonga yaqin borgan Ferstappen uni bir necha bor turtgan va ko‘kragiga musht tushirgan.

Ferstappen shu tariqa poyga chog‘i o‘zi bilan turtilib ketgan Okonning «aqlini kiritib qo‘ymoqchi» bo‘ldi. O‘shanda har ikki pilotning bolidlari burilib qolgan, natijada Ferstappen Lyuis Hemiltonga yeta olmay, finishga ikkinchi bo‘lib yetib kelgandi.

Endi «Red Bull» poygachisi jazoni o‘tashi kerak: voqeani o‘rgangan FIA styuardlari Maks Ferstappenni ikki kunlik jamoat ishlari bilan «mukofotlashdi». Golland tashkilot o‘tkazadigan tadbirlarda «faxriy mehmon» sifatida qatnashishga majbur.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring