Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Fransiya prezidentlik boshqaruviga o‘tadimi?

Fransiya prezidentlik boshqaruviga o‘tadimi?

Fransiyaning sobiq prezidenti Fransua Olland boz vazirlik tizimidan prezidentlik tizimiga o‘tish zarurligini qayd etdi, deya xabar beradi «Sabah.com.tr» sayti.

Olland Fransiya respublikasining 60 yilligiga bag‘ishlangan marosimda so‘zga chiqib, mamlakatda bosh vazir lavozimini tugatish fikrini bildirgan.

«Davlat va hukumat tepasida bir kishi bo‘lishi kerak. Bosh vazirlik tizimidan voz kechish zarur. Chunki bu tizim eskirib bo‘ldi, bugun ish bermay qo‘ydi», – degan Fransua Olland.

Sobiq prezident Fransiya parlamenti Amerikaning Kongressiga o‘xshash ish olib borishi zarur, degan fikrda.

Uning aytishicha, u o‘z prezidentlik davrida bu haqda o‘ylagan, ammo bu masalani ko‘tara olmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring