Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Fransiyada tungi klublardan koronavirusga qarshi foydalanishmoqchi

Fransiyada tungi klublardan koronavirusga qarshi foydalanishmoqchi

Foto: AFP

Fransiyada, qariyb bir yildirki, tungi klublarning diskotekalari huvillab yotibdi. Ular yaqin kelajkada koronavirusga qarshi vaksinatsiya markazlariga aylantirilishi mumkinligi haqida mamlakat OAVlari yozmoqda.

Shu tariqa butun mamlakat bo‘ylab 1,6 mingta tungi klubni «qayta malakalash» taklifi ilgari surilmoqda. Tashabbus egasi — Diskotekalar va dam olish joylari milliy kasaba uyushmasi (Fransiyada shunaqasi ham bor ekan — tahr.) prezidenti Patrik Malvaes ularni aholini shoshilinch vaksinatsiyalash markazlari sifatida qayta shakllantirish taklifi bilan chiqdi.

Malvaesning aytishicha, 2020-yil mart oyi o‘rtalarida yopilgan klublar pandemiyadan eng ko‘p jabr ko‘rgan sohalardan biri sanaladi.

Ta’kidlanishicha, ushbu chora natijasida vaksinatsiyalash jarayoni yanada tezlashib, mamlakat va albatta, klublarga oldingi hayotga tezroq qaytish imkonini beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring