Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiyaga tashrif doirasida 4 mlrd. yevrolik shartnomalar imzolanadi

Fransiyaga tashrif doirasida 4 mlrd. yevrolik shartnomalar imzolanadi

Foto: «President.uz»

Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga tashrifi chog‘ida umumiy qiymati 4 mlrd yevrolik shartnomalar imzolanishi kerak. Bu haqda «Turon24» xabar berdi.

«Iqtisodiy aloqalar haqida gapirsak, albatta, bu prezident Mirziyoyev 8-9-oktabr kunlari Parijga kelganida ma’lum bo‘ladi. 4 milliard yevro qiymatga ega shartnomalar imzolanishi kerak. Bularning katta qismi energetika sohasiga — Orano (sobiq Areva) kompaniyasi bilan hamkorlik qilish va sizning mamlakatingizda atom elektrostansiyasi qurilishi ehtimoliga bog‘liq. Bu kutilayotgan shartnomalardan biri», deydi Dyupyui.

Uning aytishicha, Orano – uranni qazib chiqarishga ixtisoslashgan davlat kompaniyasi bo‘lib, yaqinda o‘tkazilgan izlanish va hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekistonda 230 ming tonna uran borligi aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan joriy yil 8-9-oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan Fransiyada bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring