Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Futbol afsonasi Luis Garsiya Toshkentga keldi

Futbol afsonasi Luis Garsiya Toshkentga keldi

Professional Futbol Ligasi hamda La liga hamkorligi doirasida bugun, 28-oktabr kuni poytaxtdagi "Milliy" stadionida yurtimizda ilk bora "Ommaviy El Klasiko" tomoshasi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur tadbirda La liga elchisi — yaqin o‘tmishning mohir futbolchilaridan biri Luis Garsiya ham ishtirok etadi. Bugun erta tongda Garsiya Toshkentga yetib keldi. Uni bir qator ispan futboli shinavandalari, futbolimiz jamoatchiligi vakillari tantanali tarzda kutib olishdi. Bu haqda O‘FA axborot xizmati xabar berdi.

Luis Garsiya "Ommaviy El Klasiko" tadbirida qatnashadi va yosh futbolchilarga mahorat darsi o‘tib beradi. Qolaversa, "Barselona" - "Real M" uchrashuvi oldidan Temur Kapadze boshchiligidagi "Real Madrid" vakillariga qarshi "Barselona" safida ko‘rgazmali o‘yinda maydonga ham tushadi.

Bugun soat 12:15 da Luis Garsiya ishtirokida matbuot anjumani ham tashkil etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring