Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Futbolchilarimiz xalqaro turnirda birorta g‘alabasiz ikkinchi o‘rinni egalladi

Futbolchilarimiz xalqaro turnirda birorta g‘alabasiz ikkinchi o‘rinni egalladi

Foto: www.the-uff.com

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 2018-yilning 27-aprelidan 3-mayigacha Indoneziyaning Chibinong shahrida Indoneziya futbol assotsiatsiyasi tashkil etilganining 88 yilligiga bag‘ishlangan «PSSI-2018 kubogi»da ishtirok etdi.

Ravshan Haydarov shogirdlari ushbu musobaqada biror marta na g‘alaba qozondi va na mag‘lubiyatga uchradi. Olimpiyachilarimiz Shimoliy Koreya (2:2) va Bahrayn (3:3) terma jamoalari bilan o‘yinlarda qayd etilgan duranglardan so‘ng, Indoneziya terma jamoasi qarshiligini ham sindira olmadi — 0:0.

Shu tariqa O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi a’zolari musobaqani 3 ochko bilan 2 o‘rinda yakunladi. 2 ta g‘alaba va 1 ta durangga erishgan Bahrayn jamoasi 7 ochko bilan musobaqa g‘olibiga aylandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring