Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropalik mutaxassis O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasiga murabbiy etib tayinlandi

Yevropalik mutaxassis O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasiga murabbiy etib tayinlandi

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, tashkilot futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyligi uchun nomzod bo‘lib turgan Lyubinko Drulovich bilan kelishuvga erishgan. 

Bugun, 23-yanvar kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida serbiyalik murabbiy  Lyubinko Drulovich bilan rasman shartnoma imzolash marosimi tashkil qilindi. Unda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov, murabbiy Lyubinko Drulovich va uning yordamchilari, O‘FA mutasaddilari ishtirok etishdi.

Umid Ahmadjonov marosimda asosiy maqsad Tokio-2020 Olimpiadasiga yo‘llanma olish va bu yo‘lda terma jamoamiz uchun barcha sharoitlar yaratilishini ma’lum qilgan. Drulovichga murabbiylar shtabida o‘zbekistonlik mutaxassis Ravshan Haydarov yordam beradi. 

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Yangi murabbiy bilan kelishuv Tokio-2020 Olimpiadasiga qadar amal qiladi.

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Ma’lumot uchun:

Lyubinko Drulovich

Fuqaroligi: Serbiya

Tug‘ilgan sanasi: 11-Sentyabr 1968 (50 yosh)

Murabbiylik darajasi: UYeFA «PRO» diplomi egasi (2007 yil)

Eng katta yutug‘i: Serbiya U-19 terma jamoasi bilan Yevropa chempionatida g‘oliblikka erishgan

Murabbiy sifatida erishgan yutuqlari:

1. Angola Superkubogi G‘olibi – «Agosto» FK 2010-2011
2. Yevropa U-19 Chempionati g‘olibi – Serbiya 2013
3. «Partizan» FK bilan Yevropa ligasi ishtirokchisi – 2015-2016
4. BAA U-19 bilan final qismiga yo‘l olgan – 2017 yil

Shaxsiy yutuqlari:

Serbiyada yilning eng yaxshi murabbiyi – 2013 yil.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring