Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ehtiyot chorasini ko‘ring! O‘zbekistonga yana anomal issiq havo oqimi kirib kelmoqda

Ehtiyot chorasini ko‘ring! O‘zbekistonga yana anomal issiq havo oqimi kirib kelmoqda

O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, 2018-yil 19-23-iyul kunlari O‘zbekistonga Erondan quruq va juda issiq havo Turkmaniston orqali kirib keladi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ogohlantirdi.

Xabarga ko‘ra, respublikaning aksariyat hududlarida havoning kunduzgi harorati o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 5-7 darajaga oshib, 40-43 darajani tashkil etadi.

Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo harorati 44-45gacha qiziydi, garmsel kutilmoqda.

19-23-iyul kunlari respublikaning tog‘ va tog‘ oldi mintaqalarida havo haroratining oshishi munosabati bilan Tojikiston va Qirg‘iziston hududlaridan muzlikning erishi natijasidagi sel kelishi mumkin.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi yuqoridagilardan kelib chiqib, havfsizlik choralarini ko‘rishni, ko‘p miqdorda ichimlik suvini iste’mol qilish, zaruratsiz ko‘chaga chiqmaslikni, jismoniy harakatlarni kamaytirishni so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 7-10-iyul kunlari ham havo haroratining keskin ko‘tarilishi kuzatilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring