Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

FVV Rossiyada halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar haqida to‘liq ma’lumot berdi

FVV Rossiyada halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar haqida to‘liq ma’lumot berdi

Foto: «angi.ru»

Rossiyaning Yamalo-Nenetsk avtonom okrugi Tazovsk rayonida 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etgani, bir nafari shifoxonaga joylashtirilgani xabar qilingandi.

Rossiya Federatsiyasining Sverdlovsk oblasti, Tazovsk rayonida sodir bo‘lgan yong‘in hodisasi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligida «Tezkor raqamlar» ochildi.

Rossiya Federatsiyasi FVVdan olingan xabarga ko‘ra, 2019 yilning 8 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 03:30da Sverdlovsk oblasti, Tazovsk rayonida «STROY PROYEKT SERVIS» MChJga tegishli bo‘lgan, ishchilar yashashi uchun mo‘ljallangan vagon noma’lum sabablarga ko‘ra yonib ketgan.

Sodir bo‘lgan yong‘in natijasida, vagonda bo‘lgan 4 nafar O‘zbekiston fuqarolaridan 3 nafari voqea joyida vafot etgan va 1 nafari 35 foiz kuyish tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Vafot etgan fuqarolar:

Ergashev Abdumalik Yaxshilikovich, 1972-y.t;

Aliqulov Safarali Suyun o‘g‘li, 1998-y.t;

Djumoyev Ergash Binoyevich, 1983-y.t.

Tan jarohati olgan fuqaro:

Omanov Tolibjon Butayevich, 1966-y.t.

Hozirda mutasaddi tashkilot va idoralar bilan hamkorlikda marhumlarning jasadlarini vatanga qaytarish bilan bog‘liq tashkiliy tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Vafot etgan fuqarolarning yaqinlari va qarindoshlari O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining «Tezkor raqami» — 78-147-10-50ga murojaat etishlari mumkin, deyiladi  FVV xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring