Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

G‘aniyev Farg‘onadan Andijonga o‘tkazildi

G‘aniyev Farg‘onadan Andijonga o‘tkazildi

Foto:«Vlast.kz»

O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi va ayrim viloyat sudlari rais o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlovlar amalga oshirilishi ortidan jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudi raisining o‘rinbosari Farhodjon  G‘aniyev  Andijon viloyat sudi raisining o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovlar haqida haqida Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, kuni kecha Prezidentning tegishli farmoyishi imzolangan.

Farmoyishga binoan:

Zafar Ziyakulovich Allabayev sudyalik vakolati muddati davriga Samarqand viloyat sud raisining o‘rinbosari – fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Surxondaryo viloyat ma’muriy sudining raisi vazifasidan ozod etildi.

Boboxon Xodjiakbarovich Vahobov sudyalik vakolati muddati davriga Farg‘ona viloyat sudi raisining o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga tayinlandi (bungacha  Farg‘ona viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimida ishlagan).

Alisher Abduhamidovich Madaminov sudyalik vakolati muddati davriga Farg‘ona viloyat sudi raisining o‘rinbosari – iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga tayinlandi ( bungacha Farg‘ona viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimida ishlagan).

O‘tkir Abdug‘affarovich Mamadaliyev sudyalik vakolati muddati davriga Qashqadaryo viloyat sudi raisining o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Gavhar Do‘sbekovna Olimova sudyalik vakolati muddati davriga Sirdaryo viloyat sudi raisining o‘rinbosari – fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga tayinlandi (bungacha Sirdaryo viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimida ishlagan).

Raxmatilla Salaydinovich Orziqulov sudyalik vakolati muddati davriga Jizzax viloyat sudi raisining o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga tayinlandi (bungacha Oliy sud sudyasi lavozimida ishlagan).

Akmal Xashimovich Rahimov sudyalik vakolati muddati davriga Sirdaryo viloyat sudi raisining o‘rinbosari – iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga tayinlandi (bungacha Farg‘ona tumanlararo iqtisodiy sudining raisi  lavozimida ishlagan).

Umidjon Sharibjonovich Shokirov sudyalik vakolati muddati davriga O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi (bungacha Harbiy sudining sudyasi lavozimida ishlagan).

Farxodjon Boqijonovich G‘aniyev sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyat sudi raisining o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring