Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aktyor G‘aybulla Hojiyev olamdan o‘tdi

Aktyor G‘aybulla Hojiyev olamdan o‘tdi

Bugun, 26-fevral kuni taniqli o‘zbek aktyori, dublyaj ustasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist G‘aybulla Hojiyev 64 yoshida vafot etdi. Bu haqda aktyorning o‘g‘li Ravshan Hojiyev Feysbukdagi sahifasida ma’lum qilgan. 

G‘aybulla Hojiyev 1956-yilda Buxoroda tug‘ilgan.

Aktyor shoir Azim Suyunning «Sarbadorlar» asarida Abu Bakr Kalaviy, Abdulla Oripovning «Sohibqiron» asarida Xoja Ahmad Yassaviy, Abdulla Qodiriyning Mehrobdan chayon» spektaklida Solih mahdum, Ibrohim Sodiqovning «Afandining besh xotini» spektaklida Afandi, Hayitmat Rasulning «Piri koinot» spektaklida Ahmad Farg‘oniy, Shekspirning «Qirol Lir» asarida graf Gloster, Aleksandr Kosanoning «Yetti faryod» spektaklida Sabalo kabi rollarni ijro etgan.

G‘aybulla Hojiyev «Uqubat», «Shabbona», «Umid», «Oqpadar» kabi ko‘plab filmlarda turli rollarni ijro etgan,  «Shaytanat» teleserialida Ahmadbey rolini o‘ynagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring