Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kibronda gaz portlashi oqibatida 10 kishi jabrlandi

Kibronda gaz portlashi oqibatida 10 kishi jabrlandi

Foto: «Depositphotos.com»

Fransiya g‘arbidagi Morbian viloyati Kibron shahrida sodir bo‘lgan gaz portlashi oqibatida 10 kishi jarohat oldi. Bu haqda «Ouest France» gazetasi ma’lumotlari asosida «Gazeta.ru» xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, portlash mahalliy vaqt bilan bugun soat 2:30 da shahardagi bir binoda sodir bo‘lgan va yong‘in chiqqan. Yong‘inni o‘chirish uchun 100 nafar o‘t o‘chiruvchi voqeaga joyiga yetib kelgan. Aholi xavfsiz joyga ko‘chirilgan.

Portlash joyini shahar hokimi ko‘zdan kechirdi.

Avvalroq Fransiyadagi «Soprema» zavodida ham portlash sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring