Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

G‘aznada «Tolibon» bilan to‘qnashuv oqibatida 103 kishi halok bo‘ldi

G‘aznada «Tolibon» bilan to‘qnashuv oqibatida 103 kishi halok bo‘ldi

Foto: «RIA Novosti»

Afg‘onistonning G‘azna shahrida hukumat kuchlari bilan «Tolibon» jangarilari o‘rtasida sodir bo‘lgan qurolli to‘qnashuvda 103 kishi halok bo‘ldi, 133 kishi yaralandi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.

Avvalroq 16 kishi halok bo‘lgani, 40 kishi jabrlangani haqida xabarlar tarqalgan edi.

«1TV» telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlarning 90 nafari harbiylar, 13 nafari tinch aholi vakillari ekan.

«Tolibon» tomondan ham yo‘qotishlar ko‘p.

Juma, 10 avgust kuni «Tolibon» jangarilari Afg‘oniston markazidagi G‘azna shahriga hujum uyushtirgani ma’lum qilingan edi.

G‘azna shahri politsiyasi boshlig‘i Farid Ahmad Mash’alning aytishicha, ayni paytda G‘azna hukumat kuchlari nazoratida ekan. Uning so‘zlariga ko‘ra, jangarilar shaharga kirolmagan, faqat shahar atrofidagi bir nechta qo‘rg‘onlarga hujum uyushtirishyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring