Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

General-mayor Botir Tursunov ham boshqa lavozimga o‘tkazilgan

General-mayor Botir Tursunov ham boshqa lavozimga o‘tkazilgan

Chapda: general-polkovnik Bahodir Toshmatov, o‘ngda: general-mayor Botir Tursunov

Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati

Kecha general-mayor Jo‘rayev Rustam Mirzayevich O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi qo‘mondoni lavozimiga tayinlangani xabar qilingandi.

Ma’lum bo‘lishicha, bunga qadar Milliy gvardiya qo‘mondoni bo‘lgan general-polkovnik Bahodir Toshmatov boshqa lavozimga tayinlangan.

Shuningdek, Milliy gvardiya qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari general-mayor Botir Tursunov ham boshqa lavozimga o‘tkazilgan.

Sobiq rahbarlarning aynan qanday lavozimlarni egallaganliklari haqida hozircha rasman ma’lumot berilmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring