Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Germaniya Avstriyada josuslik qilganmi?

Germaniya Avstriyada josuslik qilganmi?

Avstriya prezidenti Aleksandr Van der Bellen Germaniya federal razvedka xizmati Avstriyada 1996 – 2006-yillar mobaynida turli tashkilotlarga va shaxslarga nisbatan josuslik qilganini aytdi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

«Yevropa ittifoqi davlatlari bir-birlariga josuslik qilishi munosabatlarga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatadi, o‘zaro ishonchni so‘ndiradi», – degan Avstriya prezidenti Aleksandr Van der Bellen.

Germaniya federal razvedka xizmati 1996 – 2006-yillar mobaynida Avstriyadagi 2 mingta tashkilot va shaxsning telefon suhbatlarini tinglagani, elektron pochtalarini nazorat qilgani aniqlandi.

Avstriya bosh vaziri Sebastyan Kurz ham Germaniyani josuslikda aybladi.

Germaniya federal razvedka xizmati, shuningdek, Avstriya poytaxti Vena shahridagi 75 ta davlatning elchixonasi, shu jumladan, AQSh, Eron, Isroil va Shimoliy Koreya diplomatik vakolatxonalari xodimlarining telefon suhbatlarini eshitib borgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring