Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniya eks-prezidentining o‘g‘lini klinikada ma’ruza o‘qiyotganda o‘ldirishdi

Germaniya eks-prezidentining o‘g‘lini klinikada ma’ruza o‘qiyotganda o‘ldirishdi

Foto: «RIA Novosti»

1984-yildan 1994-yilgacha Germaniya prezidenti bo‘lgan Rixard fon Vayszekkerning o‘g‘li, shifokor Frits fon Vayszekker seshanba kuni Berlindagi «Schlosspark-Klinik» klinikasida ma’ruza vaqtida pichoqdan olgan jarohatlari tufayli hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar berdi «RBB» teleradiokompaniyasi.

Politsiyaning ma’lum qilishicha, hodisa Berlin g‘arbida joylashgan Sharlottenburgdagi klinikada mahalliy vaqt bilan taxminan soat 18:50 da sodir bo‘lgan. Leksiyada qatnashayotgan kishilardan biri jinoyatchiga to‘sqinlik qilishga uringan va og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga tushgan.

Politsiya klinika hududida gumondor shaxsni qo‘lga olgan. Hozir tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ta’kidlanishicha, Frits fon Vayszekker 2005-yildan «Schlosspark-Klinik» bosh shifokori hisoblanadi. Seshanba kuni jigar muammolariga bag‘ishlab ma’ruza qilayotgan bo‘lgan. 2015-yilda vafot etgan Germaniya eks-prezidentining o‘g‘li 59 yoshda edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring