Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Germaniya fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz kelishi mumkin

Germaniya fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz kelishi mumkin

Germaniya fuqarolari 15-yanvardan boshlab O‘zbekistonga 30 kungacha bo‘lgan muhlatga vizasiz kela olishlari mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bu qaror ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy, ilmiy va ta’lim almashinuvlarini mustahkamlash maqsadida qabul qilingan.

Qayd etilishicha, 2018-yilda Germaniyaning 18 ming 94 nafar fuqarosi O‘zbekistonga sayohatga kelgan. Ularning soni 2016-yilda 4 889 nafar, 2017-yilda esa 7 207 nafarni tashkil etgandi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda O‘zbekiston Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova va Ukraina bilan vizasiz tizim amal qiladi. 2018-yilning fevralidan boshlab Isroil, Indoneziya, Janubiy Koreya, Malayziya, Singapur, Turkiya va Yaponiya fuqarolari O‘zbekistonga 30 kungacha bo‘lgan muhlatga vizasiz kelishiga ruxsat berilgandi.

Bundan tashqari 39 davlat fuqarolariga soddalashtirilgan tarzda viza berish joriy etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring