Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Germaniya Suriyaga qarshi harbiy amaliyotlarda qatnashmaydi

Germaniya Suriyaga qarshi harbiy amaliyotlarda qatnashmaydi

Foto: AP

Germaniya kansleri Angela Merkel 12 aprel kuni Germaniyaning Suriyada Bashar Assad rejimiga qarshi harbiy amaliyotlarda ishtirok etmasligini ma’lum qildi. Bu haqda Fransiyaning «Le Monde» nashri xabar bermoqda.

2018-yilning 7-aprel kuni Sharqiy Gutaning Duma shahrida sodir etilgan kimyoviy hujum ortidan AQSh va Fransiya davlatlarining Suriyaga qarshi harbiy amaliyot o‘tkazish haqidagi tahdidlariga munosabat bildira turib, kimyoviy qurollarning qo‘llanilishini qabul qilib bo‘lmasligini ta’kidlagan.

«Biz shuni bilib olishimiz kerakki, Suriya kimyoviy arsenallarini to‘lig‘icha yo‘q qilmagani ayon bo‘lmoqda», — deya aytib o‘tgan Merkel. Suriya o‘zidagi mavjud kimyoviy arsenallarini 2016 yilda yo‘q qilishi lozim edi.

Germaniyada deputatlar roziligisiz Bundeswehr (Germaniya armiyasi) xorijda hech qanday harbiy amaliyot olib borishi mumkin emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring