Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Germaniyada 25 mingdan ziyod kishi «islomlashtirish» va irqchililikka qarshi namoyishga chiqdi

Germaniyada 25 mingdan ziyod kishi «islomlashtirish» va irqchililikka qarshi namoyishga chiqdi

Foto:«AFP»

Germaniya poytaxti Berlinda uyushtirilgan aksiya namoyishida 25 ming nafardan ziyod kishi qatnashdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Yana bir «Germaniya uchun alternativ» (AG) partiyasi tashkil qilgan namoyishda esa 5 mingdan ziyod kishi qatnashgan. «Germaniya kelajagi uchun!» shiori ostida o‘tkazilgan ushbu tadbirda namoyishchilar migratsiya siyosatini qayta ko‘rib chiqish hamda mamlakatda «islomlashtirish»ni to‘xtatishni talab qilishdi.

Shuningdek, bir vaqtning o‘zida yana 20 mingdan ziyod kishi «AG» partiyasiga qarshi irqchilikka barham berish bo‘yicha namoyishlarda qatnashdi. Ushbu namoyishlar Germaniya poytaxtining bir necha shaharlarida o‘tkazildi.

Minglab kishilar Reystag binosi oldida uyushtirilgan asosiy namoyishlarda ishtirok etdi.

O‘tgan hafta «AG» partiyasi a’zolari Konstitutsiya sudiga Angela Merkel ustidan shikoyat kiritgandi. Partiya hukumat migratsiya siyosatini ishlab chiqishda xatoga yo‘l qo‘ygan, deya hisoblaydi. Shu bois «AG» partiyasi Merkelning 2015 yil sentyabr oyida qabul qilingan Avstriyaga chegerani ochish to‘g‘risidagi qarorini to‘g‘rilashni talab qilmoqda.

Migratsiya siyosati 2017 yilgi saylovoldi kampaniyalarining hamda Germaniya Federativ Respublikasining yangi hukumatini shakllantirishdagi asosiy mavzulardan biriga aylangan edi. «AG» partiyasi yetakchilari Merkelning «ochiq eshiklar siyosati»ni tekshirishda chigalliklar borligini, shu bois uni qayta ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidlashmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring