Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Germaniyalik ixtirochilar robot uchar-tulkini yaratdi

Germaniyalik ixtirochilar robot uchar-tulkini yaratdi

Foto: «Hi-News»

Anchadan buyon robotlashgan yirtqichlarni yaratish bilan shug‘ullanib keladigan Germaniyaning «Festo» kompaniyasi robot uchar-tulkini taqdim etdi. Bunga qadar kompaniya muhandislari kapalak, chumoli, meduza, kenguru, o‘rgimchak va hatto pingvinning ham robotini yaratgan edi, deb xabar beradi «Hi-News».

Ixtirochilar o‘zining uchar-tulkisini erkalab «intellektual kinematikaga ega ultrayengil uchar ob’yekt» deb ataydi. «Ob’yekt»ning uzunligi 87 santimetrni, qanotlari kengligi 228 santimetrni, og‘irligi esa atiga 580 grammni tashkil etadi.

Uchar-tulki — dunyodagi eng katta ko‘rshapalak turi hisoblanadi, ularning qanotlari quruq terining o‘zi, hech qanday patlari yo‘q.

Hayvonning bu kabi xususiyatini yaratish uchun ixtirochilar juda yupqa va mustahkam membranadan foydalangan. U suv o‘tkazmaydigan ikki qavat plyonka va trikotaj matosidan iborat. Barcha qatlamlar bir-biri bilan 45 000 nuqtada birlashtirilgan. Robotning bitta qanotiga shikast yetgan taqdirda ham u ikkinchi qanotining o‘zida parvoz eta oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring