Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Global isish: moslashish yoki «boshqa uy» qidirishga to‘g‘ri keladi

Global isish: moslashish yoki «boshqa uy» qidirishga to‘g‘ri keladi

Foto: «Depositphotos»

Viskonsin-Medison universiteti olimlari insoniyat tamadduni faolligi natijasida shakllangan global isish qariyb barcha muzliklarni eritib yuborishi va sayyoramiz faqat tropiklardan iborat bo‘lib qolishidan xavotir bildirishdi.

Tadqiqotchilar bu «iqlimiy faza»ga 2150-yilda o‘tilishi, qish yil fasli sifatida yo‘q bo‘lib ketishi va iqlim zonalari keskin o‘rin almashishini ta’kidlashgan.

Iqlimshunoslarga ko‘ra, insoniyatga o‘ta issiq va nam havo hukm surgan pliotsen davriga «qaytish» xavf solmoqda. Insoniyat tur sifatida 2150-yilda yo mavjud sharoitlarga moslashishi yoki o‘ziga «boshqa uy» qidirishiga to‘g‘ri keladi, chunki sayyoramizda o‘rtacha harorat o‘shga yili Selsiy bo‘yicha 25-26 darajaga yetib qoladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring