Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«GM Uzbekistan» avtomobilni bronlash muddatini bir kungacha qisqartirdi

«GM Uzbekistan» avtomobilni bronlash muddatini bir kungacha qisqartirdi

«GM Uzbekistan» dilerda mavjud avtomobillarni bronlash (band qilish) muddatlari bir kungacha qisqarayotganini ma’lum qildi.

Endilikda «Uzavtosavdo» platformasi orqali avtomobilni bron qilgan mijoz 24 soat davomida uni xarid qilish uchun shartnoma imzolashi va/yoki to‘lovni amalga oshirishi lozim bo‘ladi.

Uzavtosavdo.uz platformasini optimallashtirish dilerlik markazlarida avtomobil xaridi jarayonida yuzaga kelayotgan soxta arizalardan tozalash maqsadida amalga oshirilmoqda. Avtomobil broni 1 kun saqlanadi. Ushbu muddat tugagach, tanlangan avtomobil brondan olinadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7-noyabr kuni «GM Uzbekistan» avtomobillarini onlayn rejimda xarid qilish uchun O‘zbekistonda birinchi to‘liq avtomatlashtirilgan «Uzavtosavdo» internet va mobil platformasi ishga tushirgandi. Yangi platforma orqali xaridor mustaqil ravishda avtomobil modeli, modifikatsiyasi, rangi va hatto dilerlik markazini tanlashi hamda avtomobil uchun to‘liq yoki qisman to‘lovni amalga oshirishi mumkin. Buning uchun Uzavtosavdo ilovasini yuklab olish, Yagona identifikatsiya tizimida (One ID) ro‘yxatdan o‘tish kifoya. Elektron raqamli imzo (ERI) bo‘lgan taqdirda avtomobilni ilova orqali xorijda turib ham xarid qilish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring