Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«GM Uzbekistan» avtosalonlarida «shapka», «do‘ppi» va «kepka»si yo‘q 24 ming shartnoma bor

«GM Uzbekistan» avtosalonlarida «shapka», «do‘ppi» va «kepka»si yo‘q 24 ming shartnoma bor

Foto: «GM Uzbekistan»

«GM Uzbekistan» AJ dilerlik avtosalonlari kesimida avtomobil xarid qilish uchun shartnomalar ro‘yxatini taqdim etdi.

Joriy yilning 19-oktyabr holatiga dilerlarda avtomobil xarid qilish uchun 24 058 dona shartnomalar mavjud. Shundan 9486 dona «Spark», 2007 dona «Nexia», 3325 dona «Cobalt», 6515 «Lacetti» hamda 2725 dona «Malibu».

Shartnomalarni olish uchun murojaat qilish mumkin bo‘lgan dilerlik avtosalonlari ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Ushbu taqsimot asosida avtomobil xarid qilishni istagan xaridorlar shartnoma tuzish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri dilerlarga murojaat qilishlari mumkin. Ro‘yxat kunlik tarzda yangilanadi hamda imzolangan shartnomalarga qarab o‘zgarib boradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring