Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«GM Uzbekistan» avtomobillari uchun elektron navbat qachon keladi?

«GM Uzbekistan» avtomobillari uchun elektron navbat qachon keladi?

Foto: «Gazeta.uz»

«GM Uzbekistan» AJ avtomobil savdo tizimida shaffoflikni ta’minlash hamda mijozning ishonchini oshirish maqsadida kompaniya rasmiy saytida yangi bo‘lim ishga tushganini ma’lum qildi.

Endilikda ushbu bo‘lim orqali xaridorlar avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan arizalar (elektron navbat) bo‘yicha shartnoma tuzish uchun taqdim etilayotgan avtomobillar ro‘yxati bilan tanishib borishi mumkin.

Yangi bo‘limda bugun elektron navbat asosida shartnoma tuzish mumkin bo‘lgan 12 mingdan ortiq barcha rusumdagi avtomobillar ro‘yxati bilan tanishish mumkin. Avval ro‘yxatdan o‘tgan arizalar bo‘yicha shartnoma tuzish mumkin bo‘lgan avtomobillar ro‘yxati tegishli sananing soat 9:00 gacha amal qilib, kunlik asosda shartnomalar tuzilishiga qarab yangilanib boriladi.

Kompaniya taklif etayotgan mazkur xizmat xaridorga o‘z navbatining o‘zgarish jadalligini kuzatish imkonini beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring