Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«GM Uzbekistan» firibgarlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi

«GM Uzbekistan» firibgarlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi

Foto: «GM Uzbekistan»

Avtomobil savdosi jarayonlarida noqonuniy mexanizmlarning ishlatilish faktlari, shu jumladan, avtomobil yetkazib berilishi muddatlarini tezlashtirish vaji bilan o‘rtakashlik bilan shug‘ullanish to‘g‘risidagi ko‘p sonli xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda so‘nggi kunlarda keng tarqalayotganini inobatga olgan holda, «GM Uzbekistan» AJ o‘zining barcha dilerlik korxonalarida shartnoma rasmiylashtirish va o‘sha zahoti avtomobil egasiga aylanish imkoniyati mavjudligini rasman ta’kidlaydi.

Bunday avtomobillarning modellari va dilerlik korxonalari kesimidagi to‘liq ro‘yxati bilan kompaniya rasmiy veb-saytida tanishish mumkin. Ushbu ro‘yxat kundalik ravishda yangilanib boradi.

«GM Uzbekistan» AJ Jamoatchilik bilan ishlash xizmatining xabariga ko‘ra, kompaniya avtomobil yetkazib berish uchun shartnoma rasmiylashtirishda yoki uning muddatlarini tezlashtirishga yordam berish yoki shu kabi boshqa «xizmat»larni taklif qilayotgan shaxslarning va’dalariga ishonmaslikka chaqirib qoladi.

Avtomobil yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnomalar faqatgina ro‘yxatga olingan rasmiy murojaatlar (arizalar) asosida avtomatik tarzda yaratiladigan yagona elektron navbat bo‘yicha amalga oshiriladi.

Avtomobil savdosiga doir korrupsion holatlar aniqlanganda «GM Uzbekistan» AJning 147-14-14 raqamli yagona ishonch telefoniga yoki bevosita huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilish so‘raladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring