Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«GM Uzbekistan» telefon va internet orqali avtomobil sotib olishni yo‘lga qo‘ydi

«GM Uzbekistan» telefon va internet orqali avtomobil sotib olishni yo‘lga qo‘ydi

Foto: «GM Uzbekistan»

«O‘zavtosanoat» AJ «GM Uzbekistan» avtomobillarini onlayn xarid qilish bo‘yicha «Uzavtosavdo» internet va mobil platformasini ishga tushirdi. Bu haqda bugun, 7-noyabr kuni «O‘zavtosanoat» AJ binosida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Endilikda istalgan kishi «Uzavtosavdo» mobil ilovasini telefonga yuklab olib, avtomobil xarid qilish mumkin.

Yangi ilova bilan avtomobil xaridi oson va tez amalga oshiriladi. «Uzavtosavdo» mobil ilovasi yuklab olinganidan so‘ng, onlayn yo‘riqnoma yordamida Yagona identifikatsiyalash tizimida (OneID) ro‘yxatdan o‘tish lozim.

Ro‘yxatdan o‘tilgandan so‘ng ilovada dilerlarda mavjud avtomobillar ro‘yxati ko‘rinadi. Agar ro‘yxatda kerakli avtomobil bo‘lmasa, buyurtma avtomat ravishda zavodga jo‘natiladi. Buyurtmachi shartnoma raqami va avtomobilning individual VIN-raqamini oladi.

To‘lov dastlab bank kartasi orqali tanlangan avtomobil qiymatining 3 foizi miqdorida amalga oshiriladi (avtomobil xarid qilishdan bosh tortilganda 3 foiz to‘lov qaytarilmaydi) Keyinchalik qolgan summa to‘lanadi (bu haqda xaridorga SMS-xabar yuboriladi).

Tanlangan avtomobil qiymatining 85 foizi to‘langanidan so‘ng, qo‘shimcha bonus sifatida avtomobilni uyga bepul yetkazib berish xizmatidan foydalanish mumkin bo‘ladi.

Elektron imzoga ega xaridorlar avtomobilni xorijda turib ham ilova orqali xarid qilish imkoniga ega bo‘ladilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring