Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«GM Uzbekistan» yana bir avtosalon rahbarini ishdan oldi

«GM Uzbekistan» yana bir avtosalon rahbarini ishdan oldi

Foto: «GM Uzbekistan»

«GM Uzbekistan» AJ qator qoidabuzarliklar aniqlangan «Farg‘ona Avtomarkaz» MChJ rahbarini o‘zgartirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

«GM Uzbekistan» tomonidan dilerlik korxonalarining 9 oylik yakunlarini o‘rganish davomida «Farg‘ona Avtomarkaz» MChJda tizimli ravishda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan.

Monitoring o‘tkazilishiga «GM Uzbekistan» kompaniyasiga jismoniy va yuridik shaxslardan dilerlik korxona faoliyatiga doir 100 ga yaqin murojaat kelib tushgani sabab bo‘lgan. Murojaatlar avtosalonning mijozlarga nisbatan qo‘pol muomala hamda korrupsion harakatlari bilan bog‘liq.

Shuningdek, avtosalonda sotuv jarayonlari shaffofligini ta’minlaydigan va avtomobil sotib olayotgan mijozlarga qulay sharoit yaratuvchi tizimli ish tashkil qilinmagan.

O‘tkazilgan tekshiruvlar yakunida, «Farg‘ona Avtomarkaz» dilerlik markazi rahbari vazifasidan ozod etilgan. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yangi tayinlangan direktor v.b. Erkin Ikramov zimmasiga yuklatilgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring