Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«GM Uzbekistan» zavodi rahbariyati deyarli to‘liq yangilandi

«GM Uzbekistan» zavodi rahbariyati deyarli to‘liq yangilandi

Foto: «Sputnik»

«O‘zavtosanoat» AJ raisining Asaka shahridagi «GM Uzbekistan» zavodiga tashrifi chog‘ida ishlab chiqarishdagi bir qator xodimlarning ishlarida jiddiy kamchilik va xatolar borligi aniqlandi, ular ko‘p vaqt o‘z mansablarida bo‘lishgan va faoliyatlari davomida ishlab chiqarishni oldinga siljishiga yo‘l bermagan va ziyon ko‘rishiga sabab bo‘lgan.

«O‘zavtosanoat» AJ matbuot xizmati xabar berishicha, ushbu xodimlar ishdan ozod etildi, ularning o‘rniga avtosanoatning yangi konsepsiyasini qo‘llab quvvalaydigan, avvalgi xodimlarning xatolari ustida tegishli choralar ko‘ra oladigan hamda oldiga qo‘yilgan vazifani amalda xaqqoniy va sifatli bajara oladigan malakali va intiluvchan mutaxassislar hozircha vaqtinchalik vazifa bajaruvchi sifatida tayinlandi.

Yangi tayinlovlar:

1. Azimov Alisher Mirabbasovich – umumiy masalalar bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari v.b., 1975-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, iqtisodchi-menedjer, tizimdagi ish tajribasi 7 yil; 
2. To‘xtaboyev Akramjon Xoshimjonovich – ishlab chiqarish bo‘yicha bosh direktor v.b., 1973-yilda Namangan shahrida tug‘ilgan, muhandis-tizimtexnigi, tizimdagi ish tajribasi 23 yil;
3. Akbarov Kozimjon Komiljonovich – kommunal xizmat ko‘rsatish va kapital qurilish direksiyasi direktori v.b., 1965-yilda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan, muhandis-mexanik, tizimdagi ish tajribasi 10yil;
4. Abdurahmonov Dilshodbek Avazovich – muhandislik mahsuloti va yetkazib beruvchilar sifati direksiyasi direktori v.b., 1981-yilda Andijon shahrida tug‘ilgan, avtomatlashtirish va texnologik jarayonlarni boshqaruvi, tizimdagi ish tajribasi 13 yil;
5. Turaqulov Elyor Baxtiyorovich – global xaridlarni boshqarish bo‘yicha direktor v.b., 1987-yilda Andijon shahrida tug‘ilgan, menedjer, tizimdagi ish tajribasi 8 yil; 
6. Mamadaliyev Alisher Muradilovich – muhandislik mahsuloti va yetkazib beruvchilar sifati direksiyasi direktori o‘rinbosari v.b., 1988-yilda Andijon shahrida tug‘ilgan, iqtisodchi, tizimdagi ish tajribasi 8 yil;
7. Mamadjanov Anvarjon Mamadjanovich – transport orqali yuk tashish bo‘limi boshlig‘i v.b., 1972-yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan, muhandis iqtisodchi, tizimdagi ish tajribasi 8 yil;
8. Murodov Akmal Boyqobilovich – ish boshqaruvchi v.b., 1979-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, menedjer, tizimdagi ish tajribasi 6 yil;
9. Shonazarov Shavkat Shuhratovich – presslash sexi boshlig‘i v.b., 1990-yilda Navoi shahrida tug‘ilgan, mashinosozlik muhandisi, tizimdagi ish tajribasi 4 yil; 
10. Musayev Abduraxim Pataxovich – bosh direktor maslahatchisi v.b. – markaziy yuklash maydoni rahbari, 1969-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, iqtisodchi, yurist, tizimdagi ish tajribasi 8 yil.

Kompaniya milliy avtosanoatimiz rivojiga va takomillashuviga hissa qo‘shishga intiladigan iste’dodli yoshlar bilan hamisha muloqotga tayyorligini eslatgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring