Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gollandiyalik astronavt tasodifan kosmosdan  qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qildi

Gollandiyalik astronavt tasodifan kosmosdan  qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qildi

Foto: «Novosti»

Gollandiyalik astronavt Andre Keypers kosmosda bo‘lgan vaqti sodir bo‘lgan hodisani so‘zlab berdi.

Aytishicha, u bir kuni Xyustondagi Jonson kosmik markazi bilan bog‘lanishga urinib, vaznsizlik sabab 9011 raqamining o‘rniga 911 raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan.

Ertasi kuni uning elektron pochtasiga AQSh qutqaruv xizmatiga nima sababdan qo‘ng‘iroq qilgani haqidagi so‘rov kelib tushgan. Ma’lum bo‘lishicha, qutqaruvchilar guruhi Yer va stansiyani bog‘lovchi qurilma joylashgan xonani tekshirish uchun yetib kelishgan.

«Ular mening yonimga ko‘tarilishmaganidan biroz xafa bo‘ldim», - deb hazillashadi Keypers.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring