Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sanjar Mashriqiy

Xudodan so‘rab, bekor yotma! (arman xalq maqoli)

Gonkong — «Xitoyning tish og‘rig‘i». Bu yerda nimalar bo‘lmoqda?

Gonkong — «Xitoyning tish og‘rig‘i». Bu yerda nimalar bo‘lmoqda?

2019 yil iyun oyidan beri Gonkongda norozilik namoyishlari davom etmoqda. So‘nggi bir necha oy ichida yuz bergan to‘qnashuvlarda politsiya tinch namoyishlarni to‘xtatish uchun bir necha marotaba namoyishchilarga rezina o‘qlar, ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va qalampir purkagich qurollar bilan qarshi chiqishmoqda.

Noyabr oyining birinchi haftasida namoyishlar boshlanganiga 22 hafta to‘ldi. Noroziliklar Gonkongning moliyaviy okrugi, aeroport va eng gavjum savdo maydonchalarida davom etmoqda. Ozodlik talab qilinmoqda.

Tartibsizliklar boshlanganidan beri 3300 dan oshiq namoyishchi hibsga olingan, politsiya odamlarga shavqatsizlarcha munosabatda bo‘lmoqda.

Nega odamlar norozilik bildirmoqda?

Gonkong Bosh ijrochi direktori Kerri Lam chorshanba kuni hukumat asosiy noroziliklarga sabab bo‘layotgan ekstraditsiya to‘g‘risidagi qonunni rasmiy ravishda qaytarib olishini e’lon qildi. Shunga qaramasdan, mas’ulning ta’kidlashicha, hukumat politsiyaning g‘ayiqonuniy harakatlariga javob bermaydi, hibsga olinganlarni ozod qilishni bo‘yniga olmaydi.

Ekstraditsiya qonuni qanday qonun o‘zi?

Ekstraditsiya - bu bitta yurisdiksiya jinoyat sodir etganlikda ayblangan yoki sudlangan kishini boshqa yurisdiksiyaning huquqni muhofaza qilish organlariga topshirishi kerak bo‘lgan harakat. Bu ikkala yurisdiksiya o‘rtasidagi hamkorlikdagi huquqni qo‘llash jarayoni va ular o‘rtasidagi kelishuvlarga bog‘liq. Jarayonning huquqiy jihatlaridan tashqari, ekstraditsiya, ushlab turilgan shaxsni hibsga olishni talab qilinayotgan yurisdiksiya yuridik organiga shaxsni topshirishni ham o‘z ichiga oladi.

Xitoy hukumati Gonkongga aynan shunday talablar qo‘ygan va bu Britaniyaning sobiq koloniyasida noroziliklar keltirib chiqargan edi.

Bir mamlakat, ikkita mafkura

Gonkong Xitoyning janubi-sharqidagi sobiq Britaniya mustamlakasi edi. 1840-42 yillardagi Angliya— Xitoy urushi davrida Syangan orol inglizlar tomonidan bosib olingan. 1842 yilgi Nankin bitimiga asosan Buyuk Britaniyaning «abadiy mulki»ga aylangan edi. 1982 yildan Gonkong masalasi bo‘yicha Xitoy va Buyuk Britaniya hukumatlari o‘rtasida muzokaralar boshlandi va 1984 yil 19 dekabrda Xitoy va Buyuk Britaniya tomonidan qo‘shma deklaratsiya imzolangan va 1997 yildan Xitoy yurisdiksiyasi ostiga o‘tdi. Shunday qilib, Xitoy Gonkong ustidan suverenitet o‘rnatdi va mamlakatning maxsus ma’muriy rayoni deb atala boshladi. Hukumatlar almashinuvi Gonkongda salbiy ta’sirlar o‘tkazdi. Yarim asr davomida kapitalistik ruhda tarbiya topgan Gonkong xalqi Xitoy Xalq Respublikasiga topshirilishi g‘oyalar to‘qnashuviga olib keldi. 

Xitoy Buyuk Britaniya hukmronlik muddati tugashidan ancha oldin Gonkong ustidan o‘z ta’sirini kuchaytirishga harakatlarni boshlagan edi.

Namoyishchilar gongkongliklarni Xitoy qonunlari bo‘yicha sud qilish harakatini haqorat deb bilishdi. Bu esa ommaviy noroziliklarga sabab bo‘ldi.

Da’vogaring qozi bo‘lsa…

Gap shundaki, Gonkong Bosh ijrochisi Kerri Lam Rasmiy Pekinning qo‘llab-quvvatlovchisi sanaladi. Bosh Ijrochini saylaydigan doira ham juda tor - atigi 6 foiz saylovchi. Namoyishchilarning talablarida ham saylov tartiblarining o‘zgarishi bor.

Xitoy hukumati norozilik aksiyasiga qanday munosabatda?

Pekin norozilik namoyishlariga keskin munosabatda bo‘lib, namoyishchilarni olov bilan o‘ynashmaslikni maslahat bermoqda. Maxsus harbiy qismlar Gonkong masalasiga jalb qilingan.

Bosh ijrochi Kerri Lam namoyishchilarni mamlakat xavfsizligi va barqarorligiga jiddiy zarar yetkazishda aybladi

Xullas, Xitoy Osiyoning eng ko‘p mablag‘ aylanadigan hududini qo‘ldan chiqarmoqchi emas.

Kerri Lam kim?

Kerri Lam, 62 yoshda, Gonkongning Bosh ijrochi direktori - shtatning eng katta siyosatchisi.

Kerri Lam

Lam namoyishlar boshlanganidan bir oy o‘tib, ekstratsiya bo‘yicha qonun loyihasini to‘xtatib qo‘ydi, ammo u bu taklifni to‘liq qabul qilmadi va norozilik harakati yetakchilarining tanqidiga sabab bo‘ldi.

Namoyishchilarning asosini kimlar tashkil qilmoqda?

Gonkongdagi norozilik harakatlarida jamiyatning katta qismi, shu jumladan advokatlar, jurnalistlar, faollar va biznes vakillari butun mintaqada keng ko‘lamli norozilik namoyishlariga qo‘shilishdi. Faollarning ta’kidlashicha, ular asosiy talablari bajarilmaguncha to‘xtamaydilar. Talablarga Gonkong rahbari Kerri iste’fosi, hibsga olinganlarning amnistiyasi va ekstraditsiya qonun loyihasi butunlay qaytarib olinishi kiradi.

Joriy hafta Gonkong norozilik harakatining eng dahshatli haftalaridan biri bo‘ldi. Dushanba kuni bir politsiya xodimi namoyishchilarga qarata o‘q uzib bir necha kishining umriga zomin bo‘ldi. Seshanba va chorshanba kunlari universitetlar tom ma’noda jang maydoniga aylandi. Politsiya talabalar shaharchalariga bostirib kirib, talabalarni qamalga oldi.

Gonkongga nega «ko‘zdan» chetda qoldi?

AQShda Trampga nisbatan davom etayotgan impichment (ayrim mansabdor shaxslarning mansabdan chetlatish va javobgarlikka tortish jarayoni) so‘rovi, Britaniyada Breksit masalasi va Yaqin Sharqdagi notinchliklar bilan Gonkongdagi protestlar osongina e’tibordan chetda qolib ketdi.

Xalqaro doiralar yaqin kunlar ichida Gonkongga rasmiy munosabat bildirishi kutilmoqda.

Sanjar Shomurodov

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring