Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Gonkongda uyquchilar uchun maxsus avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi (video+foto)

Gonkongda uyquchilar uchun maxsus avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi (video+foto)

Foto: «Apnews.com»

Gonkongda transport kompaniyasi uxlab olmoqchi bo‘lgan aholi uchun besh soatlik avtobus qatnovini yo‘lga qo‘ydi. Marshrutning uzunligi 76 kilometr bo‘lib, besh soat yo‘l yuriladi. Bitta chipta narxi 13 – 51 dollargacha, deya xabar bermoqda AP.

Ulu Travel menejerining so‘zlariga ko‘ra, bunday xizmat ko‘rsatish g‘oyasini unga ish va uyqusizlik tufayli stressdan qiynalayotgan do‘sti taklif qilgan. Erkak faqat jamoat transportida uxlay olishini aytgan. Gonkongda esa bunday odamlar talaygina.

Safar chog‘ida avtobus shaharning manzarali joylarida bir necha marta to‘xtab o‘tadi. Xususan, yo‘lovchilar Lantau oroli va Gonkong aeroporti yaqinidagi hududlarda esdalik uchun suratga tushadilar.

Birinchi avtobus 16 oktyabr kuni yo‘nalishi bo‘ylab jo‘nab ketdi. Salonda bo‘sh o‘rindiqlar umuman qolmadi. Safar davomida yo‘lovchilarga quloqlari uchun shovqindan saqlovchi matoxlar va ko‘zlari uchun yorug‘likdan himoya qiluvchi niqoblar berildi. Bundan tashqari, yo‘lda uxlashni yaxshi ko‘radiganlarning ko‘pchiligi o‘zlari bilan adyol, yostiq va hatto shippak olib ketishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring