Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Google» Pentagon bilan hamkorlik qilishdan voz kechdi

«Google» Pentagon bilan hamkorlik qilishdan voz kechdi

Foto:«Novorusmir»

«Google» AQSh mudofaa vazirligi — Pentagon bilan birgalikda olib borayotgan harbiy sun’iy aql loyihasidan voch kechdi. Bu haqda «Haber7» xabar bermoqda.

«Google» mutasaddilaridan biri Diana Grin 2019-yil oxirida muddati tugaydigan 18 oylik bitimni yangilamaslikka qaror qilinganini aytdi.

«Maven» nomli harbiy aql loyihasi 8 million 6 ming AQSh dollari qiymatiga ega. Loyiha dronlar orqali kishilarning shaxsiyatini aniqlash imkonini beradi.

Avvalroq «Google» xodimlari kompaniyani urushdan uzoq bo‘lishga chaqirgan edi. Shu yil fevral oyida loyihaga qarshi imzo yig‘ish boshlangan edi. Shu paytgacha 4 mingdan ziyod imzo to‘plandi.

«Google» xodimlarining xatti-harakatini «Electronic Frontier Foundation» fondi ham qo‘llab-quvvatladi.

AQSh harbiylari va tashqi razvedka xizmati ancha yillardan beri terrorchilikda gumon qilingan kimsalarni dronlar orqali yo‘q qilib kelmoqda. Bu jarayonlarda turli davlatlarning ko‘plab begunoh fuqarolari ham o‘ldirib yuborilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring