Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Google» va «Facebook» kompaniyalari Toshkentda ofisini ochishi mumkin

«Google» va «Facebook» kompaniyalari Toshkentda ofisini ochishi mumkin

Foto: «playbuzz.com»

Turkiyaning Istanbul shahri mezbonlik qilgan Global tadbirkorlik kongressi doirasida O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vazirligining Tadqiqotlar va davlat va jamiyatga innovatsiyalarni joriy etish boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Hamzayev «Google» va «Facebook» kompaniyalarining boshqaruv apparati vakillari Erkan Kaptan va Dovon Ernirlar bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston vakillari «Google»ning Markaziy Osiyo uchun markaziy ofisini Toshkentda ochish taklifini bildirdi. Bu taklif kompaniya vakillari tomonidan iliq qabul qilindi va joriy yil oxiriga qadar bu ishni amalga oshirishga kelishib olindi.

Uchrashuvdagi eng muhim jihatlardan biri «Google» va «Facebook» vakillari O‘zbekistonda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan «Q Box» va «EduBook» loyihalari uchun kodlashtirish va dasturiy ta’minot kontentini O‘zbekistonga taqdim etishlarini bildirishdi. Bepul taqdim etilayotgan ushbu kontent 2 yil davomida 3,5 million dollar sarflab tayyorlangan bo‘lib, ayni vaqtda Turkiyadagi AKT darslari ayni uning yordamida olib boriladi.

Jahon ta’limi statistikasi manbalariga ko‘ra, o‘quvchining dasturlar ishlab chiqishga qiziqishi 5-6-sinflarda boshlanadi. Mazkur kontent ham ayni yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan. Endilikda o‘zbekistonlik o‘quvchilar ham undan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring