Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Gremmi – 2018» g‘oliblari aniqlandi

«Gremmi – 2018» g‘oliblari aniqlandi

«Gremmi – 2018» g‘oliblari

Foto: «Starmedia.com»

Yakshanba kuni AQShda «Gremmi» mukofotining 60-yubiley marosimi bo‘lib o‘tdi. Konsert dasturida Rianna, Ledi Gaga kabi qo‘shiqchilar chiqish qilishdi.

Bruno Mars «Gremmi»ning oltita nominatsiyasida ishtirok etdi. Ulardan uchtasida g‘olib bo‘ldi: «Yil qo‘shig‘i», «Yil yozuvi», «Yil albomi».

Kendrik Lamar «Eng yaxshi rep albom», Alessiya Kara «Eng yaxshi debyut» mukofotiga loyiq ko‘rildi. «Eng yaxshi saundtrek» deb «La La Lend» filmidagi qo‘shiq tanlandi. «Eng yaxshi lotinamerikacha albom»ga Shakiraning «El Dorado» albomi loyiq topildi. Rianna va Kendrik Lamarning «Loyalti» qo‘shig‘i esa «Eng yaxshi rep duet» bo‘ldi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring