Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Green Card» olish uchun qoidalarga 1-noyabrdan o‘zgartirishlar kiritiladi

«Green Card» olish uchun qoidalarga 1-noyabrdan o‘zgartirishlar kiritiladi

Foto: «Forumdaily.com»

AQSh Fuqarolik va immigratsiya xizmati (USCIS) 2018-yilning 1-noyabridan boshlab «Green Card» olish uchun asosiy talablardan biriga o‘zgartirishlar kiritilishini ma’lum qildi.

O‘zgartirishlar tibbiy ko‘rik va emlashga taalluqli. Eslatib o‘tamiz, tibbiy ko‘rik AQSh da qonuniy doimiy yashovchi maqomini olish uchun ariza topshirayotgan barcha chet ellliklar uchun majburiy talabdir.

USCIS ning yangi qoidalariga ko‘ra, I-693 tibbiy shakli vakolatli shifokor (AQSh Fuqarolik va immigratsiya xizmati tomonidan immigrantlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va tibbiy hujjatlar tayyorlash uchun akkreditatsiyadan o‘tkazilgan shifokor) tomonidan «Green Card» olishga va immigratsion nafaqa olishga ariza topshirishgacha 60 kundan kech bo‘lmagan muddatda imzolanishi shart. Tibbiy shakl shifokor imzolagan muddatdan boshlab 2 yil amal qiladi.

Ilgari shifokor ariza topshirishga bunchalik yaqin muddat qolganida tibbiy ko‘rik natijalariga imzo qo‘yish huquqiga ega emas edi. Bu ko‘plab arizachilar uchun muammo tug‘dirardi, chunki ularga immigratsion nafaqa to‘lash paytida I-693 tibbiy shakl muddati o‘tib ketgani bois uni qaytadan yangilashga to‘g‘ri kelardi.

USCIS da ta’kidlashlaricha, muddatlar siqilgan sharoitda «Green Card»ga da’vogarlar tibbiy ko‘rik va emlashdan o‘tish uchun ketadigan vaqtni to‘g‘ri taqsimlab olishlari kerak bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring