Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Arzonlashadi va qulaylashadi. Gruziyada internet necha pul?

Arzonlashadi va qulaylashadi. Gruziyada internet necha pul?

Foto: «Newposts.ge»

«Newsgeorgia.ge» saytining yozishicha, Gruziyada o‘rta va kichik toifa internet-operatorlarga taqdim etiladigan xizmatlar yetti-sakkiz baravar arzonlashadi. Bu haqda Gruziya milliy kommunikatsiyalar komissiyasi o‘z saytida ma’lum qildi.

Ushbu qaror bozorda raqobatni rivojlantirish uchun qabul qilingani, maqsad esa yakuniy foydalanuvchi — oddiy xalq uchun internet sifatini yaxshilash ekani aytilgan.

Yangi qaror yirik operatorlar zimmasiga rivojlangan o‘z tarmog‘idan kichik va o‘rta toifa operatorlarning ham foydalanishiga ruxsat berishni yuklaydi.

Komissiya bu bilan Tbilisidan sotib olingan internetni kichik kompaniyalar yordamida chekka hududlarga ham yetkazmoqchi.

Bugungi kunda Gruziyada internetdan foydalanuvchilar soni 755 ming nafar bo‘lib, ularga 160 ta atrofida internet-provayderlar xizmat ko‘rsatmoqda. Bular orasida eng yiriklari — «Siklnet», «Caucasus Online», «Magticom» va «Axali kselebi». Mamlakatda eng ommalashgan internet optik tolali ulanishdir.

Gruzinlar bir oyda 20 megabit/soniya tezlikdagi internet uchun 30 lari (11 dollardan ko‘proq) to‘lashadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring