Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hakamga tashlangan «Navbahor» futzalchilari futboldan chetlatildi

Hakamga tashlangan «Navbahor» futzalchilari futboldan chetlatildi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Intizom kodeksining 5.48, 5.49-bandiga asosan «Navbahor» futzalchilari Ilhom Yusupjanov va G‘ulomjon Mamajonovga nisbatan 2 yil muddatga futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanilgan.

Shuningdek, «Navbahor lochinlari» klubi tomonidan 2022 yilgi mavsumda O‘zbekiston professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalar Reglamentining 16.2,16.3,16.4-bandlariga rioya qilinmagani uchun klub ham jarimaga tortilgan.

Gap shundaki, futzal oliy ligasi 12-turi doirasidagi «Navbahor lochinlari» - «Metallurg» uchrashuvining 40-daqiqasida hakam tomonidan «Navbahor» jamoasi o‘yinchisi Doniyor Sotvoldiyevga qizil kartochka ko‘rsatilgan. Shundan so‘ng «Navbahor» futzalchisi Ilhom Yusupjanov uchrashuv hakami oldiga borib o‘z e’tirozlarini qo‘pol tarzda bildirgan va unga nisbatan kuch ishlatgan.

Shuningdek, jamoa a’zolari va boshqalar tomonidan janjalli holatni bartaraf etish choralari ko‘rilayotgan vaqtda yana bir «Navbahor»chi G‘ulomjon Mamajonov ham uchrashuv hakamiga nisbatan kuch ishlatgan.

Mazkur uchrashuv internet orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etilayotgani, keyinchalik ushbu holat aks ettirilgan videoyozuv ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan va keng jamoatchilik tomonidan jiddiy e’tirozlarga sabab bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring