Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hakamni so‘kkan Marat Bikmayev 10 mln. so‘m jarimaga tortildi

Hakamni so‘kkan Marat Bikmayev 10 mln. so‘m jarimaga tortildi

Foto: PFL

PEPSI Superliga 23-tur uchrashuvlari doirasidagi “Metallurg” – “Lokomotiv” bahsi 90+4 daqiqasida “temiryo‘lchilar” jamoasi zaxira o‘rindig‘ida o‘tirgan futbolchi Marat Bikmayev hakamlar guruhi sha’niga noma’qul so‘zlar ishlatgandi. Natijada o‘yinni boshqarib borgan hakam Vladislav Seytlin ushbu futbolchini maydondan chetlatgan.

Vladislav Seytlin yozma bildirgi orqali ushbu vaziyatga izoh berarkan, Bikmayev avvaliga zaxira hakamini, so‘ngra butun hakamlar guruhini haqorat qilganini aytdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur vaziyat atroflicha o‘rganib chiqildi va Musobaqalar reglamentining intizomiy va jarimalar kodeksi 3-bo‘lim, 5.45 bandining “Е” qismini qo‘pol ravishda buzgani e’tirof etilgan Marat Bikmayev navbatdagi ikkita rasmiy uchrashuvdan chetlatildi va futbolchiga nisbatan 10 000 000 so‘m miqdorida jarima belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring