Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ham tomni arzonga yopasan, ham uyingda chiroq o‘chmaydi

Ham tomni arzonga yopasan, ham uyingda chiroq o‘chmaydi

Foto: «Tesla»

«Tesla» kompaniyasi quyosh tomlari uchun plitkalarni ommaviy ravishda ishlab chiqarishni va uni dastlabki buyurtmachilarga yetkazib berishni boshladi, deb xabar berdi «NV.ua».

Ta’kidlanishicha, hozirda kompaniya ishlab chiqarishni Kaliforniyadagi fabrikadan Nyu-York shtatidagi katta zavodga ko‘chirgan. Bu kabi tom qismlarini ishlab chiqarish ustida 500 ga yaqin odam ish olib bormoqda. Yaqin vaqtlar ichida zavod quvvati 1 gigavatt bo‘lgan quyosh elementlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi.

Ayni vaqtda «Tesla Solar Roof» plitkalarining to‘rtta turi mavjud — «Smooth», «Textured», «Tuscan» va «Slate». Ular turli xil an’anaviy ko‘rinishda. Shu bilan birga «Solar Roof» plitkalari bir vaqtning o‘zida ham quyoshli panel, ham oddiy tom qoplamasi bo‘la oladi, xaridorning o‘zi uy tomining qancha qismini batareyaga aylantirishni hal qiladi.

Bu kabi tom qoplamasi odatdagilaridan farq qilmaydi, biroq butun uyni elektr energiyasi bilan ta’minlay oladi. «Tesla» tomlarining o‘ziga xos yana bir jihati u oddiy tom qoplamalaridan arzon bo‘lishi kutilmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring