Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«HAMAS» Isroil bilan bilvosita muzokara o‘tkazishga tayyor

«HAMAS» Isroil bilan bilvosita muzokara o‘tkazishga tayyor

Foto:«AFP»

«HAMAS» tashkiloti asirlarni almashish bo‘yicha Isroil bilan bilvosita muzokaraga tayyorligini bildirdi. Bu haqda 17-aprel kuni tashkilot siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya «Al-Aqso» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan», — deya xabar bermoqda «RIA Novosti» agentligi.

«Biz Isroil bilan asirlarni almashish borasida vositachilar yordamida muzokara o‘tkazishga tayyormiz», — dedi tashkilot rahbari. Shuningdek, u «tashkilot asirlarning ozodligi uchun har qanday yo‘ldan yurishga tayyorligini» ham qo‘shimcha qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring