Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Harbiy texnika ortilgan kema Tunisda hibsga olindi

Harbiy texnika ortilgan kema Tunisda hibsga olindi

Foto: Lenta.ru

Rossiyaning Novorossiysk portidan dengizga chiqqan, harbiy texnikalar ortilgan Panamaga tegishli «Ural» kemasi Tunisda qo‘lga olindi. Bu haqda «Maritime Bulletin» va «Agenzia Nova» agentligiga tayanib «lenta.ru» yozmoqda. Kema Kamerunga qarab ketayotgan bo‘lgan.

Tunisning Sfaks portida ta’mir uchun to‘xtagan kema tekshirilganda uning bortida Rossiyada ishlab chiqarilgan harbiy texnikalar yuklangan 24 ta konteyner borligi aniqlangan. Endi kema ekipajining terrorizmga aloqadorligi tekshirib ko‘riladi.

«Maritime Bulletin» kemaning yo‘nalishi shubhali ekanligini aytgan. U dastlab Ioniya dengizini kesib o‘tadi, keyin Liviyaga, undan so‘ng esa Sfaksga yetib keladi. Ammo Kamerunga yo‘nalgan kema bunday yo‘nalishda suzishga ehtiyoj sezmaydi. Aynan shu narsa Tunisda shubha uyg‘otgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring