Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Harbiy uchuvchilar parvozda toblanadi (foto)

Harbiy uchuvchilar parvozda toblanadi (foto)

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Mudofaa vazirligi Harbiy havo kuchlari harbiy xizmatchilari tomonidan Toshkent viloyatidagi aerodromlardan birida o‘quv-amaliy parvoz mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, mashg‘ulot davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy aviatsiya bilim yurti kursantlarining malakasi sinovdan o‘tkazildi. Bunda harbiy uchuvchilar 600, 900 hamda 1200 metr balandlikda «H-125», «Mi-24», shuningdek, «Mi-8» vertolyotlari yordamida turli manyovrlarni bajardilar.

Parvoz chog‘ida uchuvchilardan tog‘ hududlariga uchish va yuqori tog‘ maydonchlariga qo‘nish kabi amaliy ko‘nikmalarni bajarish talab etildi.

30 nafarga yaqin harbiy uchuvchi ishtirok etgan mashg‘ulot davomida parvozlarni tezkorlik bilan muvaffaqiyatli bajarish, favqulodda holatlarda qanday harakatlanish, shu bilan birga zamonaviy harbiy havo texnikalaridan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli ko‘nikmalar mustahkamlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring