Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mudofaa vaziri to‘satdan tekshirishni muvaffaqiyatli o‘tkazgan harbiylarni mukofotladi

Mudofaa vaziri  to‘satdan tekshirishni muvaffaqiyatli o‘tkazgan harbiylarni mukofotladi

Foto:Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

26-30-noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyevning ko‘rsatmasiga muvofiq Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining jangovar shayligini tekshirish uchun kompleks o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tgan edi.

Tekshiruv davomida o‘tkazilgan maxsus-taktik mashg‘ulotlar harbiylarimizning yuksak professionalligi, armiyamizning yuqori jangovar shayligini namoyon etdi.

To‘satdan tekshiruvlarning yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston mudofaa vazirining buyrug‘i bilan qo‘shinlar tezkorligi, jangovar shayligi hamda o‘zaro hamkorligini ta’minlash, xususan kompleks mashg‘ulotlarda alohida namuna ko‘rsatgan 300 nafardan ziyod harbiy qism va muassasalarning harbiy xizmatchilari «NAMUNALI XIZMATI UCHUN» ko‘krak nishonlari, pul mukofotlari, esdalik sovg‘alari hamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Foto:Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Jumladan,«Chirchiq» dala o‘quv maydonida O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov 8 dekabr – Konstitutsiya kuni arafasida Toshkent harbiy okrugi harbiy xizmatchilariga mukofotlarni tantanali tarzda topshirdi, deya xabar berdi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring