Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Harbiylikning bir kuni qanday o‘tadi? (foto)

Harbiylikning bir kuni qanday o‘tadi? (foto)

Kecha, 25 fevral kuni O‘zbekistondagi eng katta poligon — «Kattaqo‘rg‘on» dala o‘quv maydonida birinchi marotaba «Harbiy — vatanparvarlik sport lageri»ni ilk ishtirokchilari tantanali ravishda kutib olindi.

«Yosh harbiy vatanparvarlar» shiori ostida 21-25 yosh atrofidagi 100 yigit 10 kun jangovar, sport va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlikdan o‘tadi. E’tiborli tomoni, Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Aybek Saidov buyrug‘iga ko‘ra, ular orasida o‘zini ko‘rsata olgan 10 nafar yigit mart-aprel oylarida bir oylik xizmatga, may oyidan esa shartnoma asosidagi harbiy xizmatga qabul qilinadi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ana o‘sha yigitlarning bir kunlik tayyorgarligi haqida fotolavha tayyorladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring