Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Havayi jahannamga aylanish arafasida(mi)?

Havayi jahannamga aylanish arafasida(mi)?

Foto:«Inhabitant»

AQShning Havayi orolida harakatga kelgan vulqon uylarni xarobaga aylantirdi, minglab insonlar boshpana qidirib yuribdi. Havayining eng ulkan orolida portlagan «Kilauea» vulqoni aholini sarosimaga solmoqda. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

Zilzila tufayli harakatga kelgan vulqon lavalari o‘rmonning o‘rtasidan oqib o‘tuvchi daryoni kesib o‘tib, yo‘llarni eritib yuborayapti.

«Associated Press» agentligi vulqon tufayli 26 ta uy talafot ko‘rgani haqida xabar berdi.

Shu paytgacha 1700 nafardan ziyod aholi xavfsiz joylarga ko‘chirildi. Ularning aksariyati sport zallariga joylashtirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring