Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Haydovchining ehtiyotsizligi fojiaga sabab bo‘ldi

Haydovchining ehtiyotsizligi fojiaga sabab bo‘ldi

Foto: «Rabochy-put.ru», illyustrativ foto

2021-yil 11-may kuni 09:30 larda Chortoq-Yangiqo‘rg‘on yo‘lining 22 km.da Gulshan MFY hududida Chortoq tumanida yashovchi, 1988-yilda tug‘ilgan fuqaro «Neksiya» rusumli avtomashinani ishonch qog‘ozi orqali boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lning o‘ng chetiga chiqib ketib, olma daraxtiga urilgan.

Natijada xaydovchi bosh miya yopiq shikasti, yuz va o‘ng qo‘l tirsaklari shilingan jarohat tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan va avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi, Chortoq tumanida yashagan, 1983-yilda tug‘ilgan ayol tan jarohati olib shifoxonada vofot etgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Ushbu holat bo‘yicha Chortoq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021-yil 11-may kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring